<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Doʻstim eshit Xushxabarni, sen uchun Masih oʻlgan,
 Sening ogʻir gunohingni Oʻz zimmasiga olgan.
 Gunohdan kechirimni, Xudovand Unga bergan.
 Bizday gunohkor boʻlganni farzandim deb atagan.

[C1]
   Behuda taraddutlardan
   Xalos qilgani keldi,
   Erkinlik Uning, qoʻlinda
   Tez kelgin Unga sen ham.
   // Tez kelgil, tez kelgil, //
   Rabbiy oldiga kelgil.
   // Tez kelgil, tez kelgil, //
   Rabbiy oldiga kelgil.

[V2]
 Xudodan sen uzoqlashib, oʻz bilganingcha yurding,
 Mangulikni eslamading, orzu havasga choʻkding.
 Oʻlim uyqusidan uygʻon, Masihni kirib qalbga,
 Xochdagi qon kuchi birla, baxt topasan jonga.

[V3]
 U seni xalos qilmoqchi, gʻam tashvish qulligidan,
 Faqat Unga farzand boʻlsang ozod boʻlsang kishandan.
 Unga ochgil istagingni, dil kalitin ber Unga.
 Uning Muqaddas qonida, baxt najot berar senga.</lyrics>
<title>Tez kelgin Unga sen ham</title>
<aka>Dustim eshit Xushxabarni</aka>
</song>